Dinamo Nasafga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2017
O'zbekiston milliy terma jamoasining 23 va 28 mart kunlari Suriya va Qatarga qarshi o'yinlari bois, Oliy Ligada qisqa tanaffus yuzaga keladi.

12 mart kuni 3-tur doirasida Toshkentda Paxtakorni mag'lub etgan Dinamo ayni damda Oliy Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 4-tur o'yini bo'lmish Navbahorga qarshi uchrashuv 31 mart kuni o'tkazilishi inobatga olinib, jamoamiz Qarshining Nasaf klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishga o'zaro kelishib oldi. Nasaf jamoasining 3-tur doirasida 18 mart kungi Bunyodkorga qarshi o'yini qoldirilgan.

Dinamo - Nasaf uchrashuvi 19 mart, yakshanba kuni Samarqandda o'tkaziladi. Uchrashuv Dinamo markaziy stadionida soat 16:00 da boshlanadi. Chiptasi bahosi 5 ming so'm. Qiziqarli o'tishi kutilayotgan ushbu o'yinga muxlislarni taklif etib qolamiz.

O'rtoqlik uchrashuvi.
19 mart (yakshanba). 16:00.
DINAMO - NASAF

Samarqand, Dinamo stadioni.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz