"Dinamo" Minsk sobiq futbolchisi: "Sharmanda! "Dinamo"ning barcha futbolchilari - masxarabozlar"

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018
Minskning "Dinamo" klubi sobiq himoyachisi Andrey Ostrovskiy jamoaning Yevropa ligasi saralashida uchragan mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.

"Dinamo" Yevropa ligasi saralash bosqichining birinchi bahsida "Zenit"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi, ammo javob o'yinida 1:8 hisobida taslim bo'ldi.

"Sharmanda! "Dinamo"ning barcha futbolchilari - masxarabozlar!" - deb yozdi Ostrovskiy "Feysbuk"dagi sahifasiga.

"Zenit" Yevropa ligasi pley-off bosqichida Norvegiyaning "Molde" klubi bilan o'ynaydi. Birinchi o'yin 23 avgust kuni Sankt-Peterburg shahrida, javob bahsi 30 avgust kuni Norvegiyada bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com