"Dinamo" bir oy oldin jamoaga qo'shilgan Mabepa Ayessa bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026, 13:54
Samarqandning "Dinamo" PFK fransiyalik himoyachi Jesa Mabepa Ayessa bilan amaldagi shartnoma o'zaro ikki tomonlama bekor qilinganini rasman tasdiqladi.

Nima uchun xayrlashildi?

Jesa yanvar oyi boshida Samarqand klubi safida Toshkentdagi yig'inda bir necha kun ishtirok etgan edi. Biroq futbolchining o'zi kutilmaganda kelishuvni bekor qilishga va ortga qaytishga qaror qilgan.

Ikki tomon bir-biriga nisbatan hech qanday moliyaviy davolari yo'qligini bildirgan. Jamoa yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Shu tariqa, samarqandliklarning yangi legioneri hali chempionat boshlanmasdanoq jamoani tark etdi. "Dinamo" tez orada ushbu poziciyaga yangi nomzodlarni jalb etishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати