Dilyaver Vaniev: "Individual xatolar pand beryapti"

Mirjalol Normatov
15 may 2022
Pro liganing 8-turidan o'rin olgan "Turon" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan so'ng muborakliklar ustozi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirdi.

"Qisqa gapiraman. Ketma-ket safarda boz ustiga asosiy raqobatchilarimizga engildik. Xatolarga yo'l qo'yishimiz oqibatida mag'lubiyatga uchradik. 

G'alabani saqlab qola olmayotganimiz alamli albatta. Individual xatolar pand beryapti. Tahlil qilamiz. Hozir biror aniq fikr bildirish qiyin", - deydi Dilyaver Vaniev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia