Dilshod Rahmatov: "Tayyorgarlikka yarasha uchinchi o'rin yomon bo'lmadi, deb o'ylayman"

Eldor Akmurzayev
10 okt 2022
O'zbekiston futzal terma jamoasining yetakchisi Dilshod Rahmatov Osiyo chempionatidagi ishtirok haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu Osiyo chempionati keyingi qita musobaqasi uchun yaxshi tayyorgarlik bo'ldi. Uchinchi o'rinni olganimiz navbatdagi Osiyo chempionati savatchalariga ta’sir qiladi. Fikrimcha, tayyorgarlikka yarasha bronza medali yomon bo'lmadi, deb o'ylayman. 

Guruh bosqichidan keyin eng kuchli jamoalar qoladi. Biz yanada yaxshiroq tayyorlanishimiz kerak. Kuchli terma jamoalar bilan ko'proq o'ynashimiz zarur", - deydi Dilshod Rahmatov.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia