Diego Kostani turk klubiga taklif qilishdi

Mirjalol Normatov
3 fev 2022, 12:41
"Atletiko" va "Chelsi"ning sobiq forvardi Diego Kosta faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchining agentlari 33 yoshli forvardni "Fenerbaxche"ga taklif qilishdi. Ispaniyalik bilan klub 3 yillik shartnoma imzolamoqchi.

Kostaning so'nggi jamoasi "Atletiko Mineyro" bo'ldi. Ayni damda futbolchining bozor narxi 5 million evro bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira