Diego Kosta "Korintians" bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
2 mar 2022, 10:16
Forvard Diego Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.

33 yoshli ispaniyalik futbolchi "Korintians"ga o'tishga yaqin.

Kosta ayni damda erkin agent hisoblanadi. U o'tgan mavsum "Atletiko Mineyro"da o'tkazdi.

Futbolchi o'tgan mavsum 26ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etgan holda Braziliya chempioniga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Star