Diego Kosta: Chelsidagilar qaerga ketmoqchi ekanligimni bilishadi

Narzulla Saydullayev
28 may 2017, 12:22
Chelsi hujumchisi Diego Kosta klubdan kyetishi mumkinligini aytib o'tdi.

Chelsi futbolchilarni sotmoqchiligini bilaman, ammo yana ikki yillik shartnomam bor. Boshqa Yevropa klubi bilan shartnoma tuzaman yoki qolaman.

Agar o'yin vaqtim kamaysa va murabbiy boshqa hujumchiga ishonishni boshlasa kyetishga majbur bo'laman.

Qaysi klubga ketmoqchiligimni barcha biladi. Pullar yaxshi, ammo boshqa maqsadlarim bor, masalan Jahon chempionatida o'ynash.

Agar kyetish kerak bo'lsa Ispaniyadan boshqa mamlakatga ketaman yoki Chelsida qolaman. Agar klub meni sotmoqchi bo'lsa qaerga ketmoqchi ekanligimni biladi, – deydi Kosta.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com