Diego Kosta A Seriya klubiga o'tishga yaqin turibdi

Оқил Абдубарноев
26 yanv 2022
"Chelsi" va "Atletiko" klublarining sobiq hujumchisi Diego Kosta "Salernitana"ga o'tishga yaqin turibdi.

Manbaning xabariga ko'ra, klub 33 yoshli braziliyalik futbolchiga joriy mavsum oxirigacha shartnoma taklif qilgan. 

Kostaning so'nggi klubi "Atletiko Mineyro" sanaladi. Futbolchi 17 yanvar kuni Braziliya klubi bilan shartnomani bekor qildi va shundan beri erkin agent hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Il Mattino