Dide Drogba MLS o'yinida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortildi

Tolibjon Qosimov
22 okt 2016, 12:01
MLS "Monreal Impakt" hujumchisi Dide Drogbani o'yinda ishtirok etishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortdi.
Bu haqda "VVS"ga tayangan holda "TASS" xabar bermoqda.

"Monreal" bosh murabbiyi Mauro Bello Drogbani 16 oktyabr kuni "Toronto"ga qarshi o'yin (2:2)ning boshlang'ich tarkibiga kiritmadi. Bunga javoban hujumchi uni o'yinga umuman "zayavka" qilmaslikni so'ragan.

38 yoshli futbolchiga solingan jarima miqdori ma'lum qilinmagan.

Oldinroq, "Monreal" prezidenti Joui Saputo o'yinchi bilan kelishmovchilik hal qilinganini ma'lum qilgan edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ТАСС