Dide Desham: “Bir kun kelib Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi”

22 mar 2019, 08:31
Fransiya terma jamoasining ayni damdagi bosh murabbiyi Dide Desham bir kun kelib mamlakat bosh jamoasini “Real” ustozi Zinedin Zidan boshqarishiga ishonmoqda.

“Bir kun kelib Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi. Aniq qachon ekanligini bilmayman. Bu ancha erta yoki kechroq sodir bo'lishi mumkin. Bilmayman. Ammo bu uning uchun mantiqiy qadam bo'lardi. Xuddi men bilan bo'lgani kabi. Biroq menimcha bu savol hech birimiz uchun muammo hisoblanmaydi”,-deydi Desham.


Manba: L'Equipe