Dibala Argentina terma jamoasiga chaqirilmaydi

Aslanov Jasurbek
18 may 2019
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni tez kunda Amerika Kubogi-2019 uchun tarkibni e'lon qilishi kerak.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Yuventus" forvardi Paulo Dibala bu qaydnomadan joy olmaydi. Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi 25 yoshli futbolchi klubida mavsumni sust o'tkazgani uchun Dibala xizmatlaridan voz kechishga qaror qildi. Shu bilan birga, futbolchi milliy jamoa safida o'zini ko'rsata olmagani terma jamoadagilarga yoqmadi.

Joriy mavsum Dibala "Yuventus" safida 40ta uchrashuv o'tkazib, 10ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TNTSports