Diabi "Al Nassr" taklifini rad etib, "Aston Villa"ga o'tmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
21 iyul 2023, 08:29
"Bayer" futbolchisi Mussa Diabi faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Aston Villa" fransiyalik futbolchi uchun "Al Nassr" bilan raqobat olib borgandi. Lekin Diabi "Aston Villa"ni tanladi. 

"Villa" fransiyalik hujumchining transferi uchun "Bayer"ga 50 million evro to'laydi. Shuningdek qo'shimcha 10 million evro bonuslar ham ko'zda tutilgan. 

Futbolchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FabriceHawkins