

"PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini Parij klubida yakunlamoqchi ekanligini tan oldi. Biroq agar u Fransiya poytaxtini tark etishga majbur bo'lsa, vataniga qaytishni xohlashini ta'kidladi.
"Men PSJda qolib, faoliyatimni shu yerda yakunlamoqchiman, chunki men ham oilam kabi klubda va ushbu shaharda juda baxtliman. Bolalar hamma narsadan mamnun, ularga maktab yoqadi.
Agar PSJni tark etishim kerak bo'lsa, Argentinaga qaytishni istardim. Keyin esa faoliyatimni “Rosario Sentral"da yakunlagan bo'lardim", – dedi Di Mariya.



