Di Mariya: "Messini butun jamoa bo'lib xavfsizlantirish kerak va PSJ bunga qodir"

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017, 13:27
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida Messini qanday xavfsizlantirish haqida gapirdi.

"Bu qiyin vazifa. Ammo o'ylashimcha, Messini butun jamoa bilan xavfsizlantirish kerak va PSJ bunga qodir. Agar 100% imkoniyatlardan foydalanib, murabbiyning ko'rsatmalarini bajarsak, Messini ushlab qolish mumkin. Biz o'z o'yinimizga e'tibor qaratib, to'pga egalik qilishimiz kerak. "Barselona" to'psiz qolsa qiynaladi" - deydi Di Mariya.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca