

UEFA rasmiy sayti muxlislar o'rtasida o'tkazilgan ovoz berish natijalariga ko'ra, 35 yoshli argentinalik futbolchining g'alaba qozongani haqida xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, 23 fevral kuni "Yuventus" Yevropa ligasi pley-off bosqichi javob o'yinida mehmonda "Renn"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, turnirning 1/8 finaliga yo'l olgandi. Di Mariya ushbu uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi.
Massimiliano Allegri shogirdlarining navbatdagi raqibi Germaniyaning “Frayburg” klubi bo'ladi. Dastlabki o'yin 9 mart kuni, javob uchrashuvi esa 16 martga belgilangan.



