Di Mariya "Barselona" yoki "Real"ga o'tmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017
"Real" sobiq yarim himoyachisi, hozirda PSJ sharafini himoya qilayotgan Anxel Di Mariya "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Klubimni o'zgartirganimda "Manchester Yunayted"ni tanladim. Mankunianlarning taklifi men va "Real" uchun to'g'ri qaror edi. "Barselona"ga o'tish yoki "Real"ga qaytish haqida o'ylamayapman. Ammo hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Manchester Yunayted"da shartnomam yakunigacha qolaman deb o'ylagan edim, ammo klubni tark etdim. Ertaga nima bo'lishini bilmayman" - deydi Di Mariya.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca