Di Kanio: “U zo'r futbolchi, ammo muhim o'yinlarda o'zini yo'qotib qo'yadi”

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2022, 09:25
“Lacio” va Italiya TJ sobiq forvardi Paolo Di Kanio Romelu Lukakuning “Inter”ga qaytganiga munosabat bildirdi.

“Lukaku ko'plab gollar urishi mumkin, ammo uni har o'yinda yaxshi o'ynashga harakat qiladi deb bo'lmaydi. Bu APLda ham ko'rindi.

Lukaku – qoyilmaqom futbolchi. Bazilar uni chempion deb hisoblashi ham mumkin. Biroq, mening uchun u ajoyib o'yinchi, ammo etalon to'purar emas. Uning statistikasi zo'r, lekin u muhim o'yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bu fikr emas, bu haqiqat. Bundan tashqari, Lukaku 30 yoshda. Boshqa tomondan esa u hali o'zgarishga qodir”, deydi Di Kanio.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia