Deyan Jurjevich: "Bugun yaxshi o'ynagan jamoa mag'lub bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2019
"Navbahor" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Deyan Jurjevich o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi o'yinda, o'z maydoningda mag'lub bo'lsang bu juda yomon. Menimcha bugun yaxshi o'ynagan jamoa mag'lub bo'ldi. Bizning darvozamiz tomon yo'llangan birinchi zarba golga aylandi, keyin esa javob bera olmadik.

Shunday bo'lsa ham, yigitlarga etirozim yo'q. Ular harakat qilishdi, vaziyatlar sodir etildi. Bizda yangi futbolchilar bor, muhim o'yinchilar klubdan kyetishdi. O'yinni o'z joyiga qo'yib olishuchun biroz vaqt kerak bo'ladi.

Joze Mourinyu jamoani to'liq o'rganib olish uchun ikki yil vaqt kerak deb aytgandi. Futbolda vaqt juda ham muhim faktor.

Qaytaraman, bugun biz yaxshi o'ynadik, ammo omad yuz o'girdi. "Qizilqum" ham yaxshi o'ynadi", - deydi Jurjevich. 


Bekzod Tolibov Namangandan maxsus



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia