Devid Moyes: "Fulxem" bilan o'yinimizni ko'rgan ko'pchilik bizni havolatib qanotdan uzatilgan passlardan haddan tashqari ko'p foydalanganimizni aytib, tanqid qilyapti"

Tolibjon Qosimov
12 fev 2014
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes APL doirasidagi "Fulxem"ga qarshi kechgan o'yindan keyin (2:2) uning jamoasi tomon yog'dirilgan tanqidlar haqida to'xtalib o'tdi.
"Fulxem" bilan o'yinimizni ko'rgan ko'pchilik bizni havolatib qanotdan uzatilgan passlardan haddan tashqari ko'p foydalanganimizni aytib, tanqid qilyapti. Agar o'sha kuni havodan berilgan uzatmalardan foydalanmaginimizda buning uchun ham tanqid qilishardi.

Biz uchun eng muhimi jamoamizga omadning qaytishi.

Buni tushunish uchun futbolcha intellekt va futbolona fikrlay olish qobiliyati kerak", – dedi Moyes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru