Devid Bekxemning o'g'li futboldagi o'zining ilk professional shartnomasini imzoladi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2021
Romeo Bekxem katta futbolga qadam qo'ymoqda.

Yaqin o'tmishning afsonaviy futbolchilaridan biri bo'lgan Devid Bekxemning o'g'li Romeo Bekxem o'zining katta futboldagi ilk professional shartnomasini imzoladi. 19 yoshli futbolchi "Fort Loderdeyl" klubida to'p suradigan bo'ldi. Eng qizig'i shundaki, "Fort Loderdeyl" aynan Devid Bekxem egalik qiluvchi "Inter Mayami" klubining zaxira jamoasi sanaladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: goal.com