Devid Bekxem Italiya policiyasi tomonidan so'roq qilindi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2021
Sobiq ingliz futbolchisi Devid Bekxem oilasi bilan tatilda bo'lganida Italiya policiyasi tomonidan so'roq qilingan.

Policiya Bekxemning o'g'li Kruzni suv chang'isida ko'rib qolishgan. Italiyada 18 yoshdan boshlab suv chang'isiga chiqishga ruxsat berilgan, Bekxemning o'g'li esa 16 yoshda. Manbaga ko'ra, policiya Bekxemning o'g'li ko'ringan joyga 5 daqiqada etib kelgan. Biroq so'roq paytida Bekxem policiyaga o'g'li oilasi turgan yaxtadan uzoq bo'lmaganligi va barcha xavfsizlik choralarini ko'rganini tushuntirdi. Shundan so'ng, policiya Bekxem bilan selfiga tushdi va xayrlashdi.

Eslatib o'tamiz, Devid Bekxem "Manchester Yunayted", "Real" klublarida o'ynagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun