Devid Bekxem Angliya jamoasini ham sotib oldi

Khoja
9 may 2025
“Manchester Yunayted“ sobiq futbolchilari Devid Bekxem va Gari Nevill Angliyaning 4-ligasida ishtirok etuvchi “Salford Siti“ klubini sotib olishdi.

Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lumot berdi.

“Men Salfordda ulg'ayganman va u erda o'tgan vaqtimni juda yaxshi eslayman. Bu joy va uning odamlari mening futbolchilik faoliyatimda katta rol o'ynagan. Bu erda “Salford Siti“ni yaxshi ko'rishadi. U boy tarixga ega va men bu jamoaning bir bo'lagiga aylanganimdan xursandman“, - dedi Bekxem.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru