Dest jarohat sabab "Real"ga qarshi o'ynamaydi. Pikening ishtiroki so'roq ostida

Alisher
18 mar 2022
Serjino Dest va Jerar Pike "Real"ga qarshi La Liga o'yini oldidan jarohat olishdi.

"Barselona"ning 21 yoshli o'ng qanot himoyachisi "Galatasaroy" (2:1)ga qarshi Yevropa Ligasi 1/8 final javob o'yinining 56-daqiqasida almashtirildi. Amerikalikning orqa son mushaklari jarohatlangan. Dest bir necha haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

Shunday ekan, uning "Real"ga qarshi La Liga 29-tur doirasida o'ynamasligi aniq.

35 yoshli markaziy himoyachi 81-daqiqa maydonni tark etdi, u mushaklarida noqulaylik his qildi. Uning klasikoda ishtirok etishi so'roq ostida.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 20 mart kuni "Real" bilan o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: As