Desham: "Germaniya terma jamoasi Fransiyadan bir daraja ustun"

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Germaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tarkibga yosh futbolchilarni jalb qilgan bo'lsada, ular Fransiyadan bir daraja ustun. Germaniyadagi bu ishlar qachon boshlanganini ko'rishingiz kerak. Bu ishlar 2004 yilda boshlangan, jahon chempionati sovrini esa 2014 yilda qo'lga kiritildi.

Vaqt o'tishi bilan shunday tajribaga ega bo'lasiz. Biz avvalgidek orqadamiz. Har bir o'yin futbolchilarimga o'sish va yangi tajribaga ega bo'lish imkoniyatini beradi" - deydi Desham.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com