

28 yoshli argentinalik "Atletik"ka qarshi bahsda jismoniy noqulaylik tufayli almashtirilgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, shifokorlar De Paul jarohati borasida optimistk fikrda emas, u 25 fevral kuni o'tkaziladigan "Real"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin. Rodrigo shikastlanish darajasini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tishiga to'g'ri keladi.
Memfis Depay sog'ligida ham muammolar bor. Hujumchining tayyorligi bahsdan oldin qayta tekshiriladi.
De Paul joriy mavsum LaLiganing 17ta uchrashuvida 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. Depay esa 4ta bahsda 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



