Depay "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin

Оқил Абдубарноев
9 noya 2022
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay kelasi yil klubini o'zgartirishi mumkin.

Spanish Sport xabariga ko'ra, Depay "Manchester Yunayted" vakillari tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda. Hujumchi yana "Old Trafford"da paydo bo'lishi mumkin. Oldinroq u Angliya klubida 2015/2016 va 2016/2017 yilgi mavsumlarda o'ynagan. Faoliyatining ikkinchi mavsumi o'rtalaridayoq Memfis "qizil iblislar"ni tark etib, "Lion"ga yo'l oldi.

28 yoshli Memfis Depay nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 20 million evroga baholangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Spanish Sport