Denisov o'ynamagan uchrashuvda “Lokomotiv”da mag'lubiyatga uchradi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018
Moskvaning “Lokomotiv” klubi Ispaniyadagi yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

“Temiryo'lchilar” Vengriyaning 29 karra chempioni “Ferencvarosh” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. “Lokomotiv”dan yagona javob to'pini 61-daqiqada portugaliyalik hujumchi Antonio Eder kiritdi. Kechagi o'yin qaydnomasiga hamyurtimiz Vitaliy Denisov kiritilmadi. 

Endi “Lokomotiv” klubi Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi doirasidagi uchrashuvda Fransiyaning “Nicca” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Birinchi o'yin 15 fevral kuni Fransiya, javob bahsi 22 fevralda Moskvada bo'lib o'tadi. 

O'rtoqlik o'yini. 

“Lokomotiv” – “Ferencvarosh” - 1:2 (0:0)

Gollar: Kox, 55 (0:1). Varga, 58 (0:2). Eder, 61 (1:2)

“Lokomotiv”: Kochenkov (Medvedev, 46), Rotenberg (Tugarev, 72), Mixalik, Chorluka, Lisov, Tarasov, Barinov, Ribus, Kasaev (Kolomeycev, 65), Galanin (Koryan, 46), Eder

“Ferencvarosh”: Dibush, Pedroso, Lovrenshish, Bode, Leandro, Otigba, Blajich, Gorriaran, Peyntsil, Mutari, Varga


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: