Demiral faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin

Alisher
24 iyun 2021, 10:56
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiralning agenti "Tottenxem" bilan aloqaga chiqdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 23 yoshli futbolchining tez oradagi transferi borasida muloqot qilishgan.

"Yuventus" turkiyalik himoyachisini 40 million evro evaziga boshqa klubga qo'yib yuborishga tayyor.

Futbolchi o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Merixning Turin klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira