Dembele "Barselona" o'yinchilardan uni sardor qilishlarini so'radi, ammo...

Alisher
18 iyul 2022, 12:31
"Barselona" forvardi Usmon Dembele jamoadoshlari bilan hazillashishga qaror qildi va ulardan uni sardor qilishlarini so'radi.

O'yinchilar Usmonning bu gaplaridan hayratda qolishdi, ammo u tezda bu hazil ekanini tushuntirdi. Ayni damda Serxio Buskets, Jerar Pike, Serxi Roberto va Jordi Alba "Barselona" sardorlaridir.

Dembele ushbu yozda kataloniyaliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Futbolchi o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 13ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo