Dembele "Barsa" mashg'ulotlariga birinchi bo'lib keldi. Oldinroq unga 3 daqiqa kechikkani uchun jarima solingandi

Alisher
16 noya 2021
"Barselona" vingeri Usmon Dembele bosh murabbiy Xavi tomonidan o'rnatilgan yangi qoidalarga ko'nikishda davom etmoqda.

Jurnalist Aleks Pintanelning xabariga ko'ra, oldinroq mashg'ulotlarga 3 daqiqa kechikkani uchun jarimaga tortilgan francuz kecha mashg'ulotlarga birinchi bo'lib keldi.

Shuningdek uning qayd etishicha, himoyachilar Jerar Pike, Erik Garsiya, Serji Roberto, shuningdek yarim himoyachilar Pedri va Niko Gonsales kecha umumiy guruhda shug'ullanishdi va 20 noyabr kuni bo'lib o'tadigan "Espanol"ga qarshi o'yinga tayyorlar.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/alexpintanel