Demba Ba: "A Seriyadan hamma qora tanli futbolchilar ketishini istayman"

Alisher
4 sen 2019
"Shanxay Shenxua" forvardi Demba Ba "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku atrofidagi voqealarga izoh berdi.

"Mana shuning uchun imkoniyatim bo'lganida u erda o'ynamaslikka qaror qildim. Men barcha qora tanlilar bu chempionatdan ketishini istayman. To'g'ri, bu bilan u erdagilarning ahmoqliklari kamayib qolmaydi, ammo hech bo'lmaganda boshqa irq vakillari ta’sir o'tkaza olmaydilar", - deb yozgan Ba "Twitter" sahifasida.

Oldinroq, "Inter" muxlislari A Seriya 2-tur "Kalyari"ga qarshi o'yin paytida futbolchiga irqchilik munosabatida bo'lishgan.

Eslatib o'tamiz, Lukaku "Inter"ga shu yozda MYUdan o'tgan edi.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/dembabafoot