Igor Sergeev xet-trik qayd etib, "Patum Yunayted"ni OCHL final bosqichiga olib chiqdi

Sherzod Nurmatov
22 avg 2023
OCHL saralash bosqichi doirasidagi "Shanxay Port" – "Patum Yunayted" uchrashuvi yakuniga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev 12-, 26- va 61-daqiqalarda gol urib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Shu tariqa, u jamoasini OCHL guruh bosqichiga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Igor Sergeev faoliyatida ilk bor xet-trik qayd etdi. Uning gollarini telegramdagi sahifamizda ko'rishingiz mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia