Del Peroning fikricha, A Seriya zerikarli chempionatga aylandi

Mirjalol Normatov
22 okt 2023, 19:14
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Alessandro Del Pero A Seriyaning sifatidan mamnun bo'lmadi.

"Italiya futboli zerikarli bo'lib qoldi. Daraja va e'tibor tushib ketdi. Oldinlari ligada faqatgina kuchli futbolchilar o'ynashardi, hozir esa ular boshqa chempionatlarni tanlashmoqda", - dedi del Pero.

48 yoshli italiyalik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan. U futbolchilik faoliyati davomida "Yuventus"da 513 o'yin o'tkazib, 208 gol urgan. Italiya termasi tarkibida 2006 yilda jahon chempionligini qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ITASportPress