Del Pero: "Vlaxovich menga qaraganda uzunroq va yirikroq, ammo menchalik chiroyli emas"

Alisher
4 apr 2022
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero Turin klubi forvardi Dushan Vlaxovichning o'yini haqida gapirdi.

"Vlaxovich bu Vlaxovich. U menda ko'ra uzunroq va yirikroq, ammo menchalik chiroyli emas.

U boshqa uslubdagi hujumchi. Ajoyib snayper, o'yinning boshqa barcha jihatlarida zo'r. Unga faoliyatida omad tilayman", - deydi Del Pero.

Vlaxovich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 3ta assist qayd etdi. 22 yoshli serb qishki transfer oynasida "Fiorentina"dan "Yuventus"ga o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia