Del Pero Italiyaning muammosi nimada ekanligini aytib o'tdi

Tolibjon Qosimov
13 noya 2017
Italiya terma jamoasi JCH-2018 saralashi pley-off birinchi bahsida Shvetsiya darvozasi oldida bor yo'g'i bir nechta golli vaziyatlar yaratdi.

Ekspertlar Italiyada juda ham kuchsiz hujumchilar avlodi ekanligini ma'lum qilishdi, lekin Del Pero bunga norozilik bildirdi. Afsonaviy futbolchi Jampero Ventura qo'lostida ajoyib ijrochilar borligiga ishonadi.

"Venturada ajoyib imkoniyatlar bor. Birinchi hujumchi roliga Immobile yaxshi, u har hafta gol urmoqda. Murabbiyda o'ngda Insine yoki Kandrevadan foydalanish imkoniyati bor. Bizda hujum bilan bog'liq muammo bor deb o'ylamayman. Hamma forvardlar yaxshi harakat qilishmoqda. Muammo noto'g'ri fikrlashda bo'lishi mumkin", - dedi Del Pero.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia