

"Neymar fenomenal o'yinchi edi va bu erda ma'lum daraja hamda yutuqlarga erishdi. Bazan bunday voqealar takrorlanadi, bazida esa yo'q – hech qachon aniq bir nima deya olmaysan. Biroq hozir "Barselona" Neymar haqida yoki futbolchi klub haqida o'ylashiga qulay fursat emas.
Albatta, Neymar – muhim futbolchi va ssenariy klub uchun ham, futbolchi uchun ham birdek foydali bo'lishi zarur. Jamoani qurishda balansni unutmagan holda, aql bilan ish ko'rish zarur.
O'ylashimcha, Neymar eng avvalo yana futboldan zavq olib o'ynashi kerak. Hozirgi kunda Ney uchun Braziliya va "Santos"dan yaxshiroq joyni ko'rmayapman. Men uni qo'llab-quvvatlayman va baxtli bo'lishini istayman, chunki u Braziliya terma jamoasi uchun ham kerakli o'yinchi. Futbolni yaxshi ko'radigan har bir inson Neymarni o'yindan zavqlanayotganini ko'rishi kerak", – dedi "Barselona" sport direktori.



