De Yong va Pedri qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

Khoja
5 mar 2024, 08:05
“Barselona” yetakchilari Frenki de Yong va Pedri jamoasiga ma'lum muddat yordam bermaydi.

"Barselona" yarim himoyachilari "Atletik"ga qarshi o'yinda (0:0) jarohat oldi. Pedrida son mushaklari shikastlanishi aniqlangan bo'lsa, de Yongda tizza paylari cho'zilishi kuzatilgan.

AS xabariga ko'ra, niderlandiyalik o'yinchi 3-4 haftaga, ispaniyalik futbolchi esa 5-6 haftaga safdan chiqqan.

Frenki 21 aprel kuni “Real Madrid”ga qarshi uchrashuvga tayyor bo'ladi, biroq Pedrining qaytishi so'roq ostida qolmoqda.


KhojaMuallif
Manba: AS