De Yong "Real"ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 fev 2019
"Ayaks" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, gollandiyalik futbolchining sonida muammo bor. Aynan shu muammo tufayli 21 yoshli xavbek "Xerakles" bilan o'yin paytida almashtirildi.

"Ayaks" - "Real" uchrashuvi 13 fevral kuni bo'lib o'tadi. Oldinroq, De Yong "Barselona" bilan shartnoma imzolagani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports