De Yong: "Ko'plar uchun Ispaniya favorit, ammo men bunday hisoblamayman"

Omonjon To`xtamirzayev
20 mar 2025
Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniyaga Millatlar ligasi o'yinidan oldin ispanlarni favorit deb hisoblamasligini qayd etdi.

"Ko'plar uchun Ispaniya favorit, ammo men bunday hisoblamayman. Albatta, ular juda yaxshi, ammo biz ushbu o'yinni ajoyib qilishga tayyormiz.

Lamin Yamal juda yaxshi. Uni tug'ma iqtidor va yuqori darajadagi o'yinchi deb hisoblayman. Ularga qarshi jamoa bo'lib himoyalanishimiz muhim.

Doim yana maydonga chiqish ajoyib. Bu haqda oldin umuman xavotirlanmaganman. To'pig'imni davolash va so'ngra yana o'zimni ko'rsatishim kerak edi. Hozirda yaxshi formadaman av jamoaning ham ishlari yaxshi ketmoqda", - deydi de Yong.

Niderlandiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi Millatlar ligasi 1/4 final o'yini bugun o'tkaziladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: uefa.com