De Xea Tottenxemga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2015
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gaal David De Xea APL 1-turida "Tottenxem"ga qarshi o'ynamasligini ma'lum qildi.

Darvozani argentinalik posbon Serxio Romero egallaydi. 

"David o'ynamaydi. Men futbolchiga faqat futbolchi sifatida qaramayman, menimcha De Xea hozir maydonga tushishga tayyor emas", - deydi van Gaal.
 
Eslatib o'tamiz, bosh murabbiy De Xeani tezroq "Real"ga sotishlarini so'ragandi. "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvi 8 avgust kuni soat 16:45da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bombardir.ru