De Xea: "Manchester Yunayted" ko'prog'iga loyiq. Darvozabon "Chelsi"ni qutqardi"

Alisher
25 okt 2020
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea APL 6-turi doirasidagi "Chelsi" (0:0) bilan o'yin haqida gapirdi.

"Biz g'alaba qozonish uchun etarlicha vaziyatlar yaratdik. Yaxshi raqib bilan keskin o'yin bo'lib o'tdi va biz ko'prog'iga loyiq edik deb o'ylayman. Ikkita yoki uchta haqiqatdan ham xavfli vaziyat bo'ldi, ammo darvozabon "Chelsi"ni qutqardi. Endi keyingi o'yinni sabrsizlik bilan kutamiz.

Har bir o'yinda, ayniqsa uydagi bahsda o'z darvozangiz dahlsizligini saqlab qolish juda muhim. Himoya "Chelsi"ga qarshi o'yinda yaxshi harakat qildi, ammo biz hali yaxshilanishimiz kerak", - deydi de Xea.

"Chelsi" 6 o'yindan so'ng 9 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda, "Manchester Yunayted" (7) esa 15-o'rinda.


AlisherMuallif
Manba: goal.com