De Xea "Jenoa"ga o'tmaydi – uning talablari klub uchun juda yuqori. Darvozabonda MLS va Saudiya Arabistonidan variantlar bor

Alisher
28 iyul 2024
David De Xea "Jenoa"ga o'tmaydi.

Oldinroq, tomonlarning muzokaralar olib borayotgani ma'lum bo'lgandi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, 33 yoshli darvozabonning moliyaviy talablari italyan klubi uchun juda yuqori. Ispan futbolchisida MLS va Saudiya Arabistonidan variantlar bor.

De Xea 2023 yilning yozida "Manchester Yunayted"dan ketganidan beri erkin agent maqomida yuribdi.


AlisherMuallif
Manba: x.com/JacobsBen