De la Fuentening o'g'li Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
14 fev 2025, 14:57
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente terma jamoa murabbiylar shtabiga o'zgartirishlar kiritdi.

Yaqinda bosh murabbiy assistenti lavozini tark etgan Pablo Amo o'rnini Xuanxo Gonsales egalladi.

Jamoaga bosh murabbiyning o'g'li Albero de la Fuente ham yordamchi va tahlilchi sifatida kelib qo'shildi. U avvalroq Gruziya va Ruminiyada bo'lib o'tgan 2023 yilgi Yevropa chempionatida 2-o'rinni olgan, shuningdek, Parijdagi Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lgan Ispaniya U-21 terma jamoasi ustozi Santyago Deniya shtabida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rfef.es