De Dzerbi ilk bor “Liverpul” va “Barselona” qiziqishlari haqida fikr bildirdi

Khoja
2 mar 2024, 08:28
“Brayton” ustozi Roberto De Dzerbi unga bo'layotgan qiziqishlar haqida fikr bildirdi.

“Faqat “Brayton”ni o'ylamoqdaman. Hech nima hal bo'lmagan, meni jamoa bilan hali ikki yillik shartnomam bor. Hozirda maksimal darajada mavsumni yaxshi yakunlab, yana bir qator yaxshi futbolchilarni kashf qilmoqchiman. E'tiborim faqat “Brayton”da. Qaysidir jamoaga o'tishni o'ylaganim yo'q”, - dedi Roberto De Dzerbi.

“Brayton” ayni vaqtda APLda ettinchi o'rinda ketmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com