De Bryuyne yoshligida qaysi jamoa va futbolchilarga muxlislik qilganini oshkor qildi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2019
“Manchester Siti” yarimhimyachisi Kevin de Bruyne bolaligida “Liverpul” klubiga befarq bo'lmaganini bildirdi.

“Yoshligimda “Liverpul” jamoasiga muxlislik qilar edim. Oilamizdagilarning barchasi “qizillar”ni qo'llab-quvvatlagani uchun, men ham ularga qo'shilgandim. Menga ko'proq Maykl Ouen yoqar edi. Sababi, men u kabi past bo'yli va chaqqon bo'lganman. Har safar o'zimni u bilan solishtirardim. Yana Zidan va Ronaldinyoning yuqori texnikaviy o'yinlari xush kelgandi.” – deydi 27 yoshli yarimhimoyachi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: goal.com