De Bryuyne: "CASning yakuniy qaroridan keyin ketish borasida o'ylayman"

Mirjalol Normatov
3 may 2020
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne CAS tomonidan qabul qilinadigan so'nggi qarordan keyin kelajagi borasida o'ylab ko'rmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" moliyaviy feyr-fley qonunlarini buzgani uchun 2 yilga YCHLdan chetlatilgandi.

"Shunchaki kutyapman. Klub yuz foiz haq ekanligini va appelyaciya orqali qarorni bekor qildira olishini ma'lum qilgan. Mana nima uchun kutyapman. O'z jamoamga ishonaman. So'nggi qaror qabul qilinganidan keyin kelajagim borasida o'ylayman. Evrokuboklarsiz 2 yil - juda uzoq muddat. Agarda bu bir yil bo'lganida o'ylab ko'rgan bo'lardim.

Gvardiola ham "Manchester Siti"da navbatdagi mavsumda ishlashini aytdi. Shundan keyin uning shartnomasi yakunlanadi. Biroq mening qarorim unga umuman bog'liq emas", - dedi De Bryuyne.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal