Davronjon Ergashev: “Golim "Bunyodkor"ga g'alaba keltirganidan xursandman”

Narzulla Saydullayev
12 sen 2021, 14:31
Superliganing 17-turida “Bunyodkor” o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv 2:1 hisobida “Bunyodkor”ning g'alabasi bilan yakunlandi. Mazkur bahsda “qaldirg'ochlar”ning tojikistonlik himoyachisi Davronjon Ergashev gol urib, toshkentliklarga uch ochko keltirdi. Uchrashuvdan so'ng Ergashev o'yindan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Mazkur o'yinda bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmasdi. Bosh murabbiy bergan ko'rsatmalarga amal qilgan holda tezkor gollarni urib oldik. Bu esa bizning ustunligimizni yanada oshirib berdi. O'z navbatida raqib ham yaxshigina qarshilik qildi.

Rostisi, o'yinda kim gol urishi ahamiyatli emasdi. Muhimi, g'alaba qozonib, ochkolarimiz sonini oshirib olish niyatida edik. Gol urib, jamoamizga g'alaba keltirganimdan juda xursandman”, - deya fikrlarini yakunladi Ergashev. 





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia