Davron Fayziev Qo'qon-1912 murabbiylar shtabiga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020
Mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan shunqorlar tarkibiga yana bir tajribali mutaxassis qo'shildi.

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga So'g'diyona, Dinamo jamoalaridagi faoliyatlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan murabbiy Davron Fayziev kelib qo'shildi.

Shuningdek, o'tgan mavsumni Bekobodning Metallurg jamoasida o'tkazgan hujumchi Zohid Abdullaev ham jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz