Davron Fayziev: "Hechdan ko'ra kech yaxshi deyishadi"

Administrator
28 iyun 2022
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hechdan ko'ra kech yaxshi deyishadi. Kuni kecha nishonlangan "Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni" bilan barcha jurnalistlarni tabriklayman. Hamisha ijoddan, futbol uchrashuvlarini bugungi kabi yoritib borishdan charchamanglar. O'yinga keladigan bo'lsak, qisqacha aytaman, ikki jamoaga ham 3 ochko juda zarur edi. 6 ochkolik o'yin bo'ldi. Ustunlik biz tomonida ekanini aytsam, tablodagi hisob durang natijani ko'rsatib turibdi. O'zimizni oqlashga urinmoqchi emasmiz, bu yerda murabbiylar shtabidan xatolik bo'ldi. Bitta o'zgarish borasida bir oz kechikdik. Jangovor o'yin uchun ikki jamoaga ham rahmat aytaman. Alamlisi, 2 o'yindan buyon o'yin oxirida gol o'tkazib g'alabani qo'ldan chiqarmoqdamiz. Futbol shunisi qiziq. Birinchi davra yakunini analiz qilsak, o'yinlarda bittadan ortiq gol ura olmayapmiz. 

- Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda Oybek Rustamov xatolikka yo'l qo'ydi. Sobiq himoyachi sifatida uning ushbu harakatini qanday baholaysiz?

- Bu yerda to'pni tepib yuborish kerak edi xolos. Vaziyat burchak zarbasi bilan tugar edi xolos. Buni faqat Oybekni xatosi deb aytish noto'g'ri. Bu yerda raqib hujumi tashkil etilayotgan vaziyatdan boshlab tahlil qilish kerak. Bu yerda Oybekni yoki boshqa futbolchini aybdor qilmoqchi emasmiz. Futbolda bu kabi xolatlar uchrab turadi. Bu xolatdan o'zimiz chiqishimiz kerak. Oxirigacha bizga ishonib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat.

- Jamoada hujumchilar gol kiritish bo'yicha oqsashmoqda. Rejada hujumchilar tranfer maqsadi bormi?

- Juda katta rejalar bor. Faqat buning uchun imkoniyat ham yetishi kerak. Biz ham hohlaymiz, masalan yaxshi hujumchi yoki markaziy himoyachi transferini. Oybek Rustamovni markaziy himoyada o'ynatishga majbur bo'layapmiz. Hozir hujumchi hammaga kerak. Iqtidorlarni aniqlash biz murabbiylarning vazifasi.

- Mo'minjon Melievning o'yini qovushayotgani yo'q. Boshlang'ich tarkibda Anvar Hojimirzaevni tushirish mumkinmidi?

- Hozir sizni qarashingiz futbolga muxlis sifatida. Biz murabbiylar boshqacharoq ko'ramiz. Meliev o'yinlar davomida katta hajmli ish bajarmoqda. Raqib jamoaga bosim o'tkazishda u yaxshi ishlamoqda. Raqib himoyasida baland bo'yli himoyachilar borligi uchun ham Melievni tushirdik. Alamli 2 ochko yo'qotdik. Hech kim g'alabaga erishmadi va natijadan xursand bo'layotgan jamoa yo'q. Tarkibdan ketgan futbolchilarni o'rni ko'ngildagidek to'ldirilmadi. Biron futbolchini aybdor sanamoqchi emasmiz. Natija qoniqarsiz bo'lsa bunga murabbiylar javob beradi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia